Futbol. O‘zbekistonlik ayollar KXDRga sharmandali hisobda yutqazdi

Sport

image

Bugun, 3 oktyabr kuni Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining ayollar futboli bo‘yicha final bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Shimoliy Koreya Demokratik Respublikasi vakillariga qarshi maydonga tushib, 0:8 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

O‘yinning dastlabki bo‘limida tezkor gol qayd etildi. Unga 9-daqiqada Hong Songok mualliflik qildi.  Shuningdek, An Myongsong (45 +2) va Ri Haye-Yon (50)lar bittadan gol urgan bo‘lsa, Kim Kyong-Yong uchrashuvning 18, 47, 63, 83, 90+2 daqiqalarida penta-trik qayd etdi. 

Endi Midori Xonda boshchiligidagi o‘zbekistonlik futbolchi qizlar 6 oktyabr kuni Xitoy - Yaponiya o‘yinida mag‘lub bo‘lgan jamoaga qarshi bronza medali uchun bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo o'yinlari KXDR Xanchjou ayollar futboli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing