Futbol. Parij Olimpiadasi O‘zbekiston ayollar jamoasning raqiblari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 12 yanvar kuni Parij-2024 Olimpiadasining futbol bahslari yo‘llanmasi uchun Osiyo mintaqasi 1-saralash bosqichiga qur’a tashlandi. Bu haqda OFK o‘z rasmiy sahifasida xabar berdi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston ayollar jamoasi “A“ guruhidan joy oldi. O‘zbekistonga keyingi bosqichga chiqish uchun guruhda Iordaniya, Sharqiy Timor hamda Butan jamoalariga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi.

Reglamentga ko‘ra, birinchi saralash bosqichi bahslari joriy yilning 3-11 aprel kunlariga belgilangan.

Ma’lumot uchun, Parij Olimpiadasi keyingi yilning 26 iyul kuni start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Parij-2024

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing