Fuqaroning to‘lov pulini o‘z ehtiyojlariga sarflagan “elektroset” xodimi ushlandi
3-sahifa
−
03 iyul 2887 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida fuqaroning pulini abonent hisob raqamiga o‘tkazishni aytib, o‘z ehtiyojlarida ishlatib yuborgan elektr ta’minoti xodimlari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Departamentning Dang‘ara tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Dang‘ara TET muhandisi I.J. va sobiq xodimi A.A.lar o‘zaro til biriktirib, fuqaro O.N.ning ishonchiga kirib, xonadonidagi elektr energiyasi to‘lovi uchun deb 16 million so‘mini olganliklari va O.N.ning elektr hisoblagichini TET “Billing” dasturidan chiqarib yuborganliklari hamda ushbu pullarni O.N.ning abonent hisob raqamiga kirim qilmasdan o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo va Andijon viloyatlarida hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining mas’ul shaxslari tomonidan amalga oshirilgan korrupsion holatlar aniqlangan edi.
Live
Barchasi