Fransuzlar bo‘sh kelmayapti. Pensiya islohotiga qarshi sakkizinchi namoyishlar o‘tkazildi

Olam

image

Kecha, 15 mart kuni Fransiya bo‘ylab pensiya islohotiga qarshi yanvar oyi oxirida boshlangan norozilik nomoyishlarining sakkizinchisi bo‘ldi. Unda 500 mingga yaqin odam qatnashdi. Bu haqda BFM telekanali respublika Ichki ishlar vazirligiga tayanib xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxtdagi namoyishda 37 ming kishi qatnashgan. Biroq kasaba uyushma markazlari butun mamlakat bo‘ylab 1,7 million kishi va Parijda 450 ming kishi namoyishga chiqqanini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, kasaba uyushma faollari pensiya yoshini oshirishga qarshi mitinglarni davom ettirishga chaqirgan. Ular bugun, 16 mart kuni Parijdagi namoyishchilarni pensiya islohoti to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha yakuniy ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tadigan Milliy assambleya (parlament quyi palatasi) oldida norozilik namoyishiga chiqishga chaqirgan.  
Bundan tashqari, fransuz siyosatchisi va sobiq Yevroparlament deputati Florian Filippo o‘zining Twitter’ida Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen va Yevropa Ittifoqi Fransiyani boshqarmasligi uchun xalq ko‘chalarga chiqib, o‘z fikrini bildirishi kerakligini yozgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq ham pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshga oshirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ortidan nafaqat Parij, balki butun Fransiyada bir necha bor norozilik namoyishlari avj olgandi. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron esa mamlakatda pensiya yoshini oshirish zaruratini umr ko‘rish davomiyligi va pensionerlar soni oshishi bilan izohlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya pensiya islohoti nomoyishlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing