Fransiyaning “Charlie Hebdo” jurnali yana Muhammad (s.a.v.)ni mazax qilib chiqdi
Olam
−
03 Sentabr 2020
43955Fransiyaning "Charlie Hebdo" satirik haftalik nashri 2015 yil yanvar oyida tahririyatga qilingan hujumga sabab bo‘lgan payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning karikaturalarini nashr etishni takrorlashga qaror qildi. Nashr buni 12 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan ushbu terakt bo‘yicha sud jarayoni boshlanishi arafasida amalga oshirdi.
Karikaturalar bosilgan jurnal 2 sentyabr kuni chop etilishi belgilangandi. Ular 1 sentyabrning o‘zidayoq onlayn-nashrda paydo bo‘lgan.
"Biz hech qachon yengilmaymiz, hech qachon taslim bo‘lmaymiz", deb yozgan nashr direktori Loran Surisso tahririyat maqolasida.
Bundan 5 yil avval "Charlie Hebdo" jurnali Muhammad (s.a.v.)ni hajv qilib chiqqani uchun, tahririyat terrorchilik harakati nishoniga aylangan edi. Unda 12 kishi qurbon bo‘ldi.
Hujum 2015 yilning 7 yanvar kuniga to‘g‘ri kelgan. Sudlanuvchilar esa, ikki nafar hujumchiga qurolli harakatni amalga oshirishda ko‘mak berganlikda ayblanmoqda. Ularning uch nafari sirtdan sudlanadi.
2015 yil 7 yanvarda aka-uka Said va Sherif Kuashilar Parijdagi "Charlie Hebdo" ofisiga qarata o‘t ochishdi. U yerda o‘n ikki kishi, jumladan sakkiz jurnalist va rassom o‘ldirilgan. Aka-ukalar 9 yanvar kuni topilgan va o‘ldirilgan. Shu kuni ularning sherigi Amed Kulibali o‘ldirildi, u 7 yanvar kuni Parijdagi do‘konda garovga olingan. Hujumlar uchun javobgarlikni "Al-Qoida" va ISHID o‘z zimmasiga olgan.
Kecha, 2 sentyabr kuni Fransiyada ilk hujum bilan bog‘liq sud ishi boshlandi. Unda 14 gumondor hozir bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, sud tinglovchi 10 noyabrga qadar davom etadi.
Bu so‘nggi uch yil ichida Fransiya hududida sodir etilgan terakt yuzasidan bo‘lib o‘tayotgan ilk mahkama jarayoni bo‘ladi.
"Charlie Hebdo” jurnalida muqaddas Islom dinining so‘nggi payg‘ambari Muhammad (s.a.v.)ning karikaturasi chop etilishi musulmon mamlakatlarning Fransiyaga qarshi e’tiroziga sabab bo‘lib, ziddiyatlarni oshirmoqda.
LiveBarchasi