Fransiyalik siyosatchi “aqldan ozgan” Zelenskiyni to‘xtatishga chaqirdi
Olam
−
21 Sentabr 2023
15191Fransiyaning “Patriotlar” partiyasi yetakchisi va Yevroparlamentning sobiq a’zosi Florian Filippo Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni to‘xtatish kerakligini, aks holda vaziyat halokatli bo‘lishini bildirdi. Bu fikrni u X ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
“Bu Zelenskiy aqldan ozganini yana bir bor isbotlaydi. U hech qachon tinchlikka erishmoqchi emas va agar u to‘xtatilmasa, falokatga olib keladi”, deya iddao qilgan Florian Filippo.
Shuningdek, u Zelenskiyning Polshani Rossiyani qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblashi haqida gapirib, Polsha 1 million qochqinni qabul qilganini bildirgan.
Polsha Prezidenti devoni vaziri Markin Pshidachning so‘zlariga ko‘ra, Polsha Zelenskiyning Ukraina g‘allasini yetkazib berishni cheklagan Yevropa Ittifoqi davlatlariga qo‘ygan ayblovlarini adolatsiz deb biladi va Kiyevni bu uchun javob berishi mumkinligidan ogohlantiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti ma’muriyati Kreml nazoratidagi ommaviy axborot vositalaridan Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyni “Prezident” deb atashni bas qilishni talab qilib chiqqandi.
Shuni qayd etish kerakki, Ukrainada urush boshlanganidan beri Rossiya rasmiylari ommaviy axborot vositalarini nazorat qilishda faollasha boshlagan. Shu asnoda Ukrainadagi harakatlarni urush deb atash taqiqlangan va ma’lumot manbalarini tanlashda faqat rasmiy Rossiya ma’lumotlariga tayanishga ruxsat berilgan.
LiveBarchasi