AQSH Ukrainaga razvedka ma’lumotlarini uzatishni tikladi – Zelenskiy

Olam

−

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukraina bilan Rossiyaning ballistik raketalari haqidagi razvedka ma’lumotlarini almashishni boshladi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy NBC telekanalida bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Qayd etilishicha, Amerika razvedkasi ukrainaliklarga Rossiya raketalarini tayyorlash va uchirish, samolyotlarning parvozlari va ehtimoliy hujum nishonlari haqida oldindan bilib olishga yordam bermoqda. Berilgan ma’lumotlarning aniq hajmi haqida ma’lumot berilmagan.

Shuningdek, Ukraina yetakchisi AQSH Prezidenti Donald Trampni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan yaqinlashmaslikka chaqirgan va uning bu harakatini “tarixiy xato” deb nomlagan. U bu vaziyatga qaramay Vashington bilan hamkorlikni uzmoqchi emasligini aytib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Kiyev va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar Trampning Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qisman to‘xtatib turish va Rossiya dizel yoqilg‘isi yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borish to‘g‘risidagi qaroridan keyin yomonlashgan. Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni xam AQSH va Rossiyaning ushbu kelishuvini “juda xavfli harakat” va “Ukraina shaharlariga bomba yog‘dirishi uchun Moskavaga qonuniy mablag‘ ajratish” ekanligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha 18 oktyabr kuni Ukraina Rossiyaga qarshi 1 000 dan ortiq dron bilan hujum qilgani haqida xabar berilgan edi.

Jo‘rayev Shahriyor


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing