Fransiyada vazir Olimpiadadan oldin suvni tekshirish uchun daryoda suzib ko‘rdi (video)
Sport
−
13 iyul
9430Bugun, 13 iyul kuni Fransiyaning Sport, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari vaziri Ameli Udea-Kastera Parij shahri mezbonlik qilayotgan Olimpiada o‘yinlari oldidan suvning sifatini tekshirib ko‘rish uchun Sena daryosidan suzib o‘tdi. Bu haqda “France 24” xabar berdi.
46 yoshli vazirga joriy yilning 28 avgust kuni Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida mezbon mamlakat Fransiya bayroqdori bo‘ladigan para-triatlonchi Aleksis Xankinkvant hamrohlik qilgan. Vazir daryo ikki haftadan kamroq vaqt ichida boshlanadigan Parij Olimpiadasi ishtirokchilari uchun yetarli darajada toza bo‘lishiga umid qilmoqda.
Avvalroq triatlon va suzish bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan Parijdan oqib o‘tuvchi Sena daryosida xavfli bakteriyalarning yuqori konsentratsiyasi aniqlangan edi. Fransiya rasmiylar daryo suvini tozalash uchun taxminan 1,4 milliard yevro sarflagan.
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rahbari Tomas Bax Udea-Kasteradan o‘rnak olishga va Sena daryosida suzishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olimpiada arafasida Parijdan 5 mingga yaqin muhojirlar chiqarib yuborildi. Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasining Olimpiada litsenziyalari 4 taga ko‘paygani xabar qilingandi.
LiveBarchasi