Fransiyada rossiyalik milliarderning ikkita yaxtasi hibsga olindi
Olam
−
24 mart 2022 5775 1 daqiqa
Fransiya hukumati rossiyalik milliarder Aleksey Kuzmichevga tegishli ikkita yaxtani hibsga oldi. Bu haqda Fransiyaning “Liberation” nashri xabar bergan.
Gap uzunligi 17 metr bo‘lgan La Petite Ourse yaxtasi va uzunligi 26 metr bo‘lgan yana boshqa kema haqida ketmoqda.
“Kuzmichevning yaxtalari Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini amalga oshirish doirasida hibsga olingan”, deyilgan xabarda.
La Petite Ourse Kann portida, ikkinchi kema esa Antibeda ta’mirlanayotgan bo‘lgan. Kemalar mos ravishda 20 million yevro va 50 million yevroga baholangan. Ta’kidlanishicha, avvalroq bojxona xizmati yaxtalarga tashrif buyurib, Kuzmichevni ogohlantirgan.
Rasmiy ravishda ikkala kema ham Orangerie Marine limited (Malta) kompaniyasida ro‘yxatdan o‘tgan, biroq Fransiya Iqtisodiyot vazirligi xizmatlari ushbu yaxtalarning haqiqiy egasi Letter One’ning sherigi ekanligiga ishonishadi. Kuzmichevning o‘zi izoh berishdan bosh tortgan.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Andrey Melnichenko, Alisher Usmonov, Aleksey Mordashov, Dmitriy Pumpyanskiy, Gennadiy Timchenkoning yaxtalari Yevropada hibsga olingan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025