Fransiya Ukrainaga SCALP raketalarini berdi

Olam

image

Fransiya Ukrainaga uzoq masofali “havo-yer” tipidagi SCALP raketalarining butun sinov partiyasini taqdim etdi, ularni yetkazib berish davom etadi. Bu haqda Ukrainaning Parijdagi elchisi Vadim Omelchenko "Leviy bereg" nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Fransuzlar birinchi partiyaning bir qismi sifatida topshirishga va’da bergan barcha SCALP raketalari allaqachon bizda. Bu partiya sinov tariqasida jo‘natilgan hamda yetkazib berish davom etmoqda”, deydi elchi.

Omelchenkoning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya Ukrainaga ushbu raketalarni yetkazib berish tezligi bilan juda yaxshi ishlamoqda.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron joriy yilning 11 iyul kuni Vilnyusdagi NATO sammitiga kelganidan so‘ng, uzoq masofali raketalarni Ukrainaga o‘tkazish niyati borligini ma’lum qilgan.

Mamlakat Qurolli kuchlar vaziri Sebasten Lekornyuning aytishicha, raketalarning bir qismi allaqachon yetkazib berilgan, qolganlari esa tashish jarayonida. Vazir ularning sonini oshkor etishdan bosh tortgan.

“Reuters” xabariga ko‘ra, Fransiya Ukrainaga 50 dona SCALP raketalarini yetkazib berish niyatida, bu raketalar sovet tipidagi samolyotlarda foydalanishga moslashtiriladi.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Parijning Kiyevga uzoq masofali raketalar yetkazib berish qarorini Ukrainadagi mojaroni kuchaytirish yo‘lidagi ataylab qilingan qadam deb atagan.

Ma’lumot uchun, SCALP raketalari Britaniya-Fransiya qo‘shma korxonasida ishlab chiqariladi. Inglizlar ularni Storm Shadow, fransuzlar esa SCALP deb atagan. Raketaning xususiyatlari Britaniya allaqachon Kiyevga yetkazib bergan Storm Shadow bilan bir xil.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Ukraina SCALP

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing