Fransiya terma jamoasi katta summani qo‘lga kiritadi
Sport
−
15 dekabr 2022
4682Fransiya termasining 2022 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati finaliga chiqishi Fransiya futbol federatsiyasiga kamida 28 million yevro foyda keltiradi.
FIFA Fransiyaga agar terma JCHda 2-o‘rinni qo‘lga kiritsa, 28 million yevro, shuningdek, turnirga tayyorgarlik ko‘rish xarajatlarini qoplash uchun 1,5 million dollar pul mukofoti taqdim etadi.
Yevropa ommaviy axborot vositalarining yozishicha, ushbu “syurpriz”ni Fransiya futbol federatsiyasidagilarning o‘ziham kutmagandi.
18 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da Dohada Fransiya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. G‘olibga taxminan 40 million yevro pul mukofoti beriladi.
Ma’lumot uchun, 2018 yilgi mundialdagi chempionlik uchun Fransiya terma jamoasi 32,5 million yevro bilan taqdirlangandi.
JCH-2022 3-o‘rin sohibiga FIFA tomonidan 27 million yevro mukofot puli taqdim etiladi. 17 dekabr kuni "kichik final"da Marokash va Xorvatiya terma jamoalari to‘qnash keladi.
LiveBarchasi