Fransiya ham falastinlik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi

Olam

image

Fransiya O‘zbekiston 1,5 million AQSH dollari ajratgan BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA)ni moliyalashtirishni vaqtincha to‘xtatdi. Bunga sabab qilib, agentlik xodimlari HAMASning Isroil shaharlariga hujumida ishtirok etgani ko‘rsatilgan. Bu haqda Fransiya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

“Fransiya 2024 yilning birinchi yarmida qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishni rejalashtirmayapti. Vaqti kelganda BMT va yirik donorlar bilan birgalikda yordamning shaffofligi va xavfsizligi ta’minlanganidan so‘ng, qaror qabul qiladi", deyiladi bayonotda.

 Unda qayd etilishicha, 2023 yil uchun Parij UNRWA'ga deyarli 60 million yevro ajratgan.

Departament BMT agentligi xodimlarining HAMAS harakatlariga aloqadorligi haqidagi ma’lumotni jiddiy deb bilishini va so‘nggi kunlarda boshlangan tekshiruvlar barcha holatlarni aniqlashga imkon berishini aytgan.

Avvalroq, Buyuk Britaniya, Kanada, AQSH va Germaniya ham tashkilotning HAMAS bilan aloqadorlikda gumonlangan ayrim xodimlari tufayli UNRWA'ni moliyalashtirishni to‘xtatayotganini e’lon qilgan edi. Norvegiya esa ushbu harakatlarni olqishlagan bo‘lsa ham agentlikni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi.

O‘z navbatida, UNRWA Bosh komissari Filipp Lazzarini 2023 yilda HAMASning Isroil janubiga uyushtirgan hujumiga aloqador bo‘lgan bir necha agentlik xodimlarini ishdan bo‘shatishni buyurgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya qochqinlar falastinlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing