Facebook ham guruh video qo‘ng‘iroqlar xizmatini taqdim etadi

Texnologiya

image
iPhone 12 cho‘ntakbop bo‘lishi kutilyapti north_east

iPhone 12 cho‘ntakbop bo‘lishi kutilyapti

Facebook Massenger Rooms nomli guruh video qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirishga imkon beradigan xizmatni ishga tushirdi. Kompaniyaning blogida aytilishicha, video qo‘ng‘iroqda bir vaqtning o‘zida 50 tagacha odam qatnashishi mumkin, qo‘ng‘iroqlar davomiyligi bo‘yicha cheklovlar yo‘q.

Ta’kidlanishicha, Facebook yoki Facebook Massenger akkauntlari yordamida konferensiyalar yaratilishi mumkin. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tmaganlar ham video qo‘ng‘iroqqa qo‘shilishlari mumkin. Video qo‘ng‘iroq tashkilotchilari foydalanuvchilarni konferensiyadan olib tashlash va unga kirishni cheklash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Kutilganidek, Massenger Rooms ushbu haftada bir qator mamlakatlarda (aniq aytilmagan) qo‘llanila boshlaydi, keyin barcha foydalanuvchilar uchun foydalanish imkoni beriladi.

Ma’lum qilinishicha, servis keyinchalik Instagram va Whatsappʼda paydo bo‘ladi. Whatsapp videokonferensiyasida bir vaqtning o‘zida sakkiztagacha odam qatnashishi mumkin. Video qo‘ng‘iroqlar shifrlash bilan himoyalangan.

Facebook ma’lumotlariga ko‘ra, Whatsapp va Facebook Massengerʼning videoqo‘ng‘iroq funksiyasidan har kuni 700 milliondan ortiq foydalanuvchi foydalanadi va bir qator mamlakatlarda video qo‘ng‘iroqlar soni ikki baravar ko‘payadi. Kompaniya, shuningdek, mart oyida Facebook Live va Instagram Liveʼda videolarni tomosha qilish sonining ko‘payishini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, Telegram asoschisi Pavel Durov ham o‘z messenjerida guruh video qo‘ng‘iroqlari xizmati paydo bo‘lishi haqida e’lon qilgan. U dunyoda koronavirus tufayli o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish va boshqa cheklovlar fonida ishonchli video aloqa vositasiga ehtiyoj borligini ta’kidladi. Ammo hozirda xavfsiz va ishlatish uchun qulay dasturlar yo‘qligini ta’kidladi.

Ushbu xizmatni taqdim etadigan Zoom esa ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘lmoqda. Uni xavfsiz emasligi haqida bir qancha ayblovlar keltirilgan. Indoneziya hukumati ham ushbu dasturdan rasmiy uchrashuvlarda foydalanishni taqiqlab qo‘ydi.

 
 

Maqola muallifi

Teglar

Facebook Video qo'ng'iroqlar

Baholaganlar

24

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing