iPhone 12 cho‘ntakbop bo‘lishi kutilyapti
Texnologiya
−
25 aprel 2020
9953UBI Research tahlilchisi Li Chung Xun yangi iPhone smartfoni arzon narxda sotuvga chiqarilishini taxmin qildi. Mutaxassis bilan suhbat Janubiy Koreyaning The Elec nashrida e’lon qilindi.
Li Chung Xun ekrani 5,4 dyuymli iPhone 12 bazaviy flagmani 700-750 dollar atrofida bo‘ladi deb hisoblayapti. Bunday narx Apple`ga ko‘proq qurilma sotish va smartfon bozorida hozir yuz bergan talab pasayishi oqibatlarini kamaytirishga yordam beradi. Tahlilchi 2020 yilda koronavirus pandemiyasi sabab 160 mln dona iPhone sotilishini va bu 2019 yildagiga nisbatan 40 mln dona kamligini ma’lum qildi.
Tahlilchining aytishicha, 2020 yilda bozorda OLED ekranli smartfonlar xaridorgir bo‘ladi, bu esa Apple’ga qo‘l keladi. Ammo kuchli raqobat muhitini shakllantiruvchi boshqa kompaniyalarni ham unutmaslik kerakligi ta’kidlandi.
Mutaxassis Apple iPhone 12 narxini pasaytirish uchun qurilmaning tannarxini pasaytirishi kerakligini ma’lum qildi.
2019 yil oxirida mashhur insayder Min-Chi Ko 2020 yilda Apple beshta yangi smartfon taqdim etishini ma’lum qilgandi. Ulardan bir iPhone SE aprel o‘rtasida namoyish qilindi. Qolganlari esa 5,4 dyuymli iPhone 12, 6,1 dyuymli iPhone 12 Pro va iPhone 12 Pro Plus, 6,7 dyuymli iPhone 12 Pro Max bo‘ladi.
LiveBarchasi