Formula 1 chempioni yangi mavsum shlemini namoyish qildi

Sport

image

“Red Bull” kompaniyasining Instagram’dagi sahifasida jamoa poygachisi Maks Ferstappen o‘zining yangi shlemini namoyish etayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, niderlandiyalik poygachi 2022 yilgi mavsumda aynan shu bosh kiyimi bilan ishtirok etadi.

Maks Ferstappen “Formula-1”ning so‘nggi mavsumida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Abu-Dabi shahrida (BAA) bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi poygada Maks asosiy raqibi, “Mersedes” piloti Lyuis Xemiltondan g‘alabani tortib olgan edi. 

O‘shanda poyga tugashiga oz vaqt qolganida “Uilyams” jamoasi poygachisi Nikolas Latifi halokatga uchradi. Bu xato poyga va oxir-oqibat butun chempionat natijasiga ta’sir ko‘rsatdi. Baxtsiz hodisa tufayli Verstappen Xemiltonga yetib olish va uni ortda qoldirishning uddasidan chiqdi.


 


Maqola muallifi

Teglar

Formula 1 Ferstappen Xemilton Red Bull

Baholaganlar

6

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing