“Formula 1” tarixda ilk bor boshqacha ko‘rinishda o‘tkaziladi
Sport
−
20 mart 2020
4374“Formula 1” avtopoygasi koronavirus sabab ilk bor virtual tarzda bo‘lib o‘tadi. Musobaqa ayrim poygachilar ishtirokida 22 mart kuni Bahraynda o‘tkaziladi. Bu haqda avtopoyga matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Endi har dam olish kuni haqiqiysi o‘rnida virtual Gran-pri o‘tkaziladi. Barcha poygachilar masofadan turib bellashadi. Musobaqani Londonning Gfinity kibersport kompaniyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiya qiladi”, deyiladi tashkilotchilar xabarida.
Koronavirus pandemiyasi sabab “Formula 1” musobaqasining Bahrayn, Vetnam, Xitoy, Niderlandiya va Ispaniyadagi bosqichlari qoldirilgan edi. Monako va Avstraliyada o‘tadigan bosqichlar esa batamom bekor qilindi. Ayni paytda taqvim bo‘yicha birinchi Gran-pri 5-7 iyun kuni Ozarboyjon poytaxti Baku shahrida o‘tkazish rejalashtirilgan.
Avvalroq, Tennis bo‘yicha ATP va WTA musobaqasi ham 8 iyun kuniga qadar to‘xtatib qo‘yildi va turnir jadvali muzlatildi. Xalqaro tennis federatsiyasi ATP, WTA va ITF'ning bahorda o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha musobaqalari bekor qilingani to‘g‘risida qo‘shma bayonot bergani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi