O‘zbekistonda “Formula 1” poygalari o‘tkazilishi mumkin

Sport

image

“Formula 1” poygalari O‘zbekiston hududida o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Buyuk Britaniyalik jurnalist Jo Savardga tayanib, “Chempionat” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, O‘zbekiston vakili Grand-prini mamlakatda o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilish uchun yaqinda bo‘lib o‘tgan Singapur Gran-prisining paddogida (“Formula 1” poygalarida, maxsus chegaralangan hudud bo‘lib, unda avtomobil garajlari, OAV va VIP-shaxslar uchun zonalar, shuningdek, texnikaga xizmat ko‘rsatish va tayyorlash uchun texnik maydonlar joylashgan) ko‘rinish bergan.

Hozirgi kunda “Formula 1” poygalarini o‘tkazuvchi Osiyo mamlakatlari qatoriga Bahrayn, Xitoy, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Ozarbayjon, Singapur, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari kiradi.

Ma’lumot uchun, yaqinda Ozarbayjonning Baku shahrida “Formula -1” poygalari o‘tkazilgan edi. Mazkur musobaqada “Red Bull” jamoasi poygachisi va amaldagi jahon chempioni Maks Ferstappen g‘olib bo‘lgan edi.

Jahongir Inomjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Formula 1 Jo Savard

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing