Jahon chempionligini boy bergan Xemilton ritsar bo‘ldi (foto)

Sport

image

Formula-1 bo‘yicha yetti karra jahon chempioni, “Mercedes” poygachisi Lyuis Xemilton rasman ritsar unvoniga sazovor bo‘ldi, deb xabar bermoqda Metro. Taqdirlash marosimi Vindzor qal’asida bo‘lib o‘tdi. Hamilton Uels shahzodasi Charlzdan ritsar bakalavr unvonini qabul qilib oldi.

Marosim Berkshir grafligidagi Vindzor qal’asida bo‘lib o‘tdi. Xemilton ritsarlik unvoniga sazovor bo‘lishi joriy yilning noyabrida ma’lum bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Xemilton yakkalik bahslarida joriy yilgi mavsumning yakuniy musobaqasi – Abu-Dabi gran-prisining so‘nggi aylanasida “Red Bull” piloti Maks Ferstappenni o‘tkazib yubordi va 8-marta Jahon chempioni bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.

Ma’lumot uchun, Formula-1 tarixida Germaniya vakili Mixael Shumaxer va britaniyalik Lyuis Xemilton 7 martadan Jahon chempioni bo‘lgan va bu rekord hisoblanadi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Xemilton Formula-1 Ritsar'

Baholaganlar

12

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing