“Real Madrid” Formula-1 hamkoriga aylandi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi Formula-1 Ispaniya Gran-prisining mahalliy hamkoriga aylandi. Bu haqda musobaqa tashkilotchilari bayonotiga tayanib, “Marca” nashri xabar berdi.

Ispaniya Gran-prisi ilk bor joriy yilning 11-13 sentyabr kunlari Madrid yaqinida joylashgan yangi “Madring” trassasida o‘tkaziladi.

Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, “Madring” “Real Madrid”ning mashg‘ulot bazasi hisoblangan “Syudad Real Madrid” majmuasi yaqinida joylashgan. Kelishuvga ko‘ra, poyga haftaligi davomida klub infratuzilmasining ayrim qismlaridan trassaning ishlab chiqarish quvvatini oshirish uchun foydalaniladi.

Bundan tashqari, “Real Madrid” Gran-prining bir qator fan-zonalarida namoyish etiladi. Tashkilotchilar tadbirlarda klub afsonalari va “Real Madrid”ning boshqa taniqli vakillari ishtirokini ham rejalashtirmoqda.

2025 yil noyabr oyida Madridning yana bir klubi – “Atletiko Madrid” ham Ispaniya Gran-prisining hamkoriga aylangan edi. Klubning “Riyad Eyr Metropolitano” stadioni musobaqa davomida logistika markazi, ko‘ngilochar va VIP zonalar, shuningdek, muxlislar uchrashuvlari hamda trassaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish nuqtasi sifatida xizmat qilagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing