Formula-1 reglamentlarini işlab çiqişda sun’iy intellektdan foydalaniladi
Sport
−
15:46 237 1 daqiqa
Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) Formula-1 texnik reglamentlarini işlab çiqişda sun’iy intellekt va Amazon Web Services (AWS) bulutli hisoblaş texnologiyalaridan foydalanişni ma’lum qildi. Bu haqda taşkilot matbuot xizmati xabar berdi.
“FIA faoliyatiga zamonaviy bulutli texnologiyalar va sun’iy intellektga asoslangan yeçimlarni joriy etiş orqali haydovçilar, rasmiylar va köngillilar uçun iştirok etiş jarayonini soddalaştiriş, a’zo klublarimiz samaradorligini oşiriş hamda butun dunyo böylab avtosport iştirokçilari sonini ikki baravar köpaytiriş maqsadimizga yaqinlaşiş imkoniga ega bölamiz”, deydi FIA prezidenti Muhammad bin Sulayim.
FIA matbuot xizmati ma’lum qilişiça, AWS yangi texnik qoidalarni işlab çiqişda muhim rol öynaydi. Şuningdek, federatsiyaning texnik va muhandislik guruhlari xavfsizlik hamda samaradorlikni oşiradigan qoidalarni yanada takomillaştiriş uçun sun’iy intellekt vositalari bilan ta’minlanadi.
FIA aerodinamik modellaştirişda AWS’ning yuqori unumli hisoblaş texnologiyalaridan ham foydalanmoqda. Bu texnologiya jismoniy detallarni işlab çiqarmasdan, virtual muhitda havo oqimini sinovdan ötkaziş imkonini beradi. Natijada işlab çiqiş jarayoniga ketadigan vaqt va xarajatlarni kamaytiriş mumkin.
Live
Barchasi27 Oktyabr