Otabek Umarov FIA Senati yig‘ilishida qatnashdi
Sport
−
09 may 2124 1 daqiqa
Kecha, 8 may kuni Fransiyaning Parij shahrida Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) senatining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov birinchi bor Senat a’zosi sifatida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston milliy Olimpiyada qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Otabek Umarov ushbu tadbirida Markaziy Osiyo mintaqasidan qatnashgan dastlabki vakil bo‘lgan.
FIA Prezidenti Muhammad Ben Sulayem raisligida o‘tgan tadbirda jahon avtosporti va mobillik yo‘nalishlariga oid istiqbolli rejalar, yirik loyihalar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, tashkilotning uzoq muddatli strategiyasiga oid takliflar tinglangan.
Ma’lumot uchun, FIA Senati tashkilot Bosh Assambleyasiga strategik tavsiyalar kirituvchi asosiy boshqaruv organlaridan biri bo‘lib, uning faoliyatida shaffoflik, hisobdorlik va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Otabek Umarov Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) Senati tarkibiga kirganligi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi