Otabek Umarov FIA Senati tarkibiga kirdi

Sport

image

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) Senati tarkibiga kirdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mazkur tayinlov tufayli Otabek Umarov FIA’ning oliy boshqaruv organi faoliyatida ishtirok etadi.

“O‘zbekiston vakilining ushbu nufuzli tuzilma tarkibiga kirishi mamlakatimizda avtomobil sporti va mobillik sohasining rivojlanishiga xizmat qiladi”, deyiladi MOQ xabarida.

Ma’lumot uchun, Senat FIA Bosh Assambleyasiga strategik tavsiyalar kirituvchi organ hisoblanib, tashkilot taraqqiyoti yo‘lida muhim bo‘g‘in vazifasini bajaradi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 dekabr kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkentda Xalqaro avtomobil federatsiyasining yil yakunlariga bag‘ishlangan tarixiy tadbir o‘tkazilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Umarov FIA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing