Toshkentda FIA taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi  

Sport

image

Kecha, 12 dekabr kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkentda Xalqaro avtomobil federatsiyasining (FIA) yil yakunlariga bag‘ishlangan tarixiy tadbir o‘tkazildi. “Humo Arena”da tashkil etilgan tantanali tadbirda FIA’ning 7 ta jahon chempionati toifasidagi chempionlar va avtosport yulduzlari jam bo‘ldi.

Tadbirni 2500 nafardan ortiq muxlis bevosita tomosha qildi. Marosimda FIA prezidenti Moxammed Ben Sulayem hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi. Taqdirlash O‘zbekiston Milliy avtomobil va karting federatsiyasi tomonidan tashkil etildi.

An’anaviy mukofotlardan tashqari, “Yilning eng yaxshi yangi haydovchisi” va muxlislar ovozi bilan aniqlangan “Yilning eng yaxshi harakati” sovrinlari ham topshirildi.

Marosimda “Formula-1” yulduzi Shar Lekler ham ishtirok etdi. FIA WRC bo‘yicha “Yilning eng yaxshi mukofoti” Paragvay rallisiga topshirildi. Mukofotni Paragvay Prezidenti Santyago Pen FIA prezidenti qo‘lidan qabul qilib oldi.

Shuningdek, taqdirlashda Lando Norris ilk bor jahon chempionligi bilan taqdirlandi. “McLaren” jamoasiga esa Konstruktorlar kubogini topshirildi. FIA’ning “Yilning eng yaxshi yangi haydovchisi” mukofoti “Formula-3” chempioni Rafael Kamaraga nasib etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Formula-1” olamining eng mashhur pilotlaridan biri, “Ferrari” jamoasining monakolik poygachisi Shar Lekler Toshkentga yetib kelgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

FIA “Formula-1” “Humo Arena”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing