Madriddagi Formula-1 trassasida avtomobil yonib ketdi

Sport

image

Formula-1 Ispaniya Gran-prisi boshlangan kuni yangi Madring trassasida birinchi jiddiy avariya sodir bo‘ldi. Formula-2 poygasida ishtirok etayotgan tailandlik Tasanapol Intrapuvasakning bolidi to‘siqqa urilib, avtomobilida yong‘in chiqdi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

“ART Grand Prix” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Intrapuvasak erkin mashg‘ulot vaqtida 19-burilishda boshqaruvni yo‘qotib, to‘siqqa borib urilgan.

To‘siq bolidning devorga qattiq urilishining oldini olgan. Biroq to‘qnashuv natijasida radiatordagi moy tufayli kichik yong‘in kelib chiqqan. Intrapuvasak tezda boliddan chiqib ketgan va tibbiy yordamga muhtoj bo‘lmagan. Trassaga ko‘p miqdorda suyuqlik to‘kilgani sababli erkin mashg‘ulotlar qariyb 30 daqiqaga to‘xtatildi.

Madring trassasi joriy yil ilk bor Ispaniya Gran-prisiga mezbonlik qilmoqda. U Barselonadagi an’anaviy trassaning o‘rnini egallagan.

Ma’lumot uchun, Ispaniya Gran-prisi joriy yilning 11-13 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madridning “Real” jamoasi Ispaniya Gran-prisida Formula-1 hamkoriga aylangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing