Formula-1 poygalari masofasi qisqartiriladi

Sport

image

Formula-1 bo‘yicha Jahon chempionatida poyga masofalari 15 kilometrga qisqartiriladi. Bu haqda FIA matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kelasi mavsumdan boshlab pilotlar amaldagi 305 kilometr o‘rniga 290 kilometr masofani bosib o‘tishadi. Shuningdek, poyga davomidagi aylanalar soni ham ikki yoki uchtaga qisqartiriladi.

FIA poyganing davomiyligi bo‘yicha uch soatlik cheklovni ham bekor qildi. Amaldagi qoidaga ko‘ra, agar poyga qizil bayroq sabab to‘xtatilsa, poyga boshlanganidan uch soat o‘tgach yakunlangan deb hisoblanardi.

Shu bilan birga, poyganing o‘zi boshlanganidan keyin ikki soatdan ortiq davom etmasligi haqidagi qoida saqlab qolindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madridning “Real” jamoasi Ispaniya Gran-prisida Formula-1 hamkoriga aylangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing