Formula-1: Ferstappen Xemiltonning gegemonligiga chek qo‘ydi

Sport

image

Joriy yilning 12 dekabr kuni “Red Bull” piloti Maks Ferstappen 2021 yilgi Formula 1 chempionatida g‘olib, deb topildi va Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

24 yoshli niderlandiyalik poygachi Abu-Dabi Gran-prisida g‘olib bo‘ldi, ikkinchi o‘rinni esa 7 karra Jahon chempioni, “Mercedes” a’zosi Lyuis Xemilton egalladi. Xemilton Ferstappendan 2,256 soniya ortda qoldi.

Ushbu chempionlik Ferstappen uchun faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi. Maks Xemiltonning gegemonligiga chek qo‘ydi va “Red Bull”ga 2013 yildan buyon birinchi marta chempionlik unvonini keltirdi.

Biroq “Mercedes” ketma-ket sakkizinchi marta konstruktorlar kubogini qo‘lga kiritdi va “McLaren”ga yetib oldi. Xemilton raqibini tabriklagan bo‘lsa-da, so‘nggi aylanishda uning avtomobili bilan yuzaga kelgan muammo yuzasidan norozilik bildirgan.


 


Maqola muallifi

Teglar

Ferstappen Xemilton

Baholaganlar

6

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing