“Forbes” eng ko‘p daromad ko‘rgan mashhurlar reytingini tuzdi

Olam

image

"Forbes" jurnali joriy yilda 35 million dollardan ko‘proq pul ishlab topgan eng badavlat taniqli 100 kishining ro‘yxatini e’lon qildi

Dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan yulduzlar soliq to‘lashdan oldin jami 6,1 milliard dollar ishlab topgan. Bu 2019 yilga nisbatan 200 million dollarga kam. 

Reytingning birinchi o‘rnidan model va tadbirkor Kayli Jenner joy egallagan – uning daromadi 590 million dollardan oshgan.

Reytingning "kumush medali" sohibi 170 million dollar daromadi bilan reper Kane Uest bo‘lgan. 

"Uest daromadining katta qismini Yeezy krossovkalarining Adidas bilan tuzgan bitimidan to‘plagan, Jenner esa yanvar oyida o‘zining kosmetik firmasi Coty'ning 51 foiz aksiyasini sotishdan foyda ko‘rgan", deyilgan xabarda. 

Navbatdagi uchta o‘rin sportchilarga nasib etgan: Rojer Federer 106,3 million dollar, Krishtianu Ronaldu 105 million dollar, Lionel Messi 104 million dollar bilan reytingdan joy egallagan.

87,5 million dollar daromadi bilan aktyor Dueyn Jonson kuchli o‘ntalikka yakun yasagan. Uning hamkasbi – aktrisa Anjelina Joli 35,5 million dollar bilan 99-o‘rinni egallagan. 

Kuchli yuzlikka futbolchi Muhammad Saloh 35,1 million dollar daromadi bilan yakun yasagan.

Avvalroq, 2020 yilda dunyo milliarderlari umumiy 1,9 trln dollar boylik orttirgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Forbes

Baholaganlar

221

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing