Ronaldu ketma-ket 4 yil dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi sportchisi bo‘ldi
Sport
−
09:43 2639 2 daqiqa
Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu so‘nggi 12 oy ichida dunyo sportchilari orasida eng ko‘p daromad olgan sportchi bo‘ldi. Bu haqda “Forbes” xabar berdi.
Ronaldu “Al-Nasr” bilan tuzgan shartnomasi orqali 235 million dollar, turli reklama shartnomalaridan esa, yana 65 million dollar ishlab topdi. Shu tariqa uning umumiy daromadi 300 million dollarga yetdi. Bu natija amerikalik bokschi Floyd Meyvezerning 2015 yildagi rekordiga tenglashdi. “Forbes” 1990 yildan buyon sportchilar daromadi reytingini e’lon qilib keladi.
Ikkinchi o‘rinni meksikalik bokschi Saul Alvares egalladi. Uning daromadi – 170 million dollar (160+10)ni tashkil etdi. Uchinchi o‘rin esa, “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messiga nasib etdi. Argentinalik futbolchining umumiy daromadi – 140 million dollar (70+70) bo‘ldi.
Qolgan o‘rinlar quyidagicha:
Ma’lumot uchun, top-10 sportchilarining umumiy daromadi 1,4 milliard dollarni tashkil qildi. Krishtianu Ronaldu esa, ketma-ket to‘rtinchi yil “Forbes” reytingida birinchi o‘rinni egallab kelmoqda.

- Lebron Jeyms (AQSH, “Los-Anjeles Leykers”) – 137,8 million dollar (52,8+85);
- Syohey Otani (Yaponiya, “Los-Anjeles Dojers”) – 127,6 million dollar (2,6+125);
- Stiven Karri (AQSH, “Golden Steyt Uorriorz”) – 124,7 million dollar (59,7+65);
- Jon Ram (Ispaniya, golf) – 107 million dollar (97+10);
- Karim Benzema (Fransiya, “Al-Ittihod”) – 104 million dollar (100+4);
- Kevin Dyurant (AQSH, “Xyuston Rokets”) – 103,8 million dollar (54,8+49);
- Lyuis Xemilton (Buyuk Britaniya, “Ferrari”) – 100 million dollar (70+30).

Live
Barchasi