FNQIZ 22 sentyabrdan yonilg‘i narxini pasaytiradi

Jamiyat

−

image

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi joriy yilning 22 sentyabr sanasidan e’tiboran belgilangan muddatga ishlab chiqarilayotgan dizel yoqilg‘isi uchun narxlarni tushirish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga Energetika vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra:

•    zavodning o‘zidan bir tonna mahsulot uchun, aksiz solig‘i bilan 5 mln 600 ming so‘mgacha (yakuniy iste’molchiga huddi shu miqdor aksizsiz 5 mln 201 ming so‘m) 

•    respublika hududida joylashgan “O‘zbekneftgaz” AJ neft bazalaridan aksiz bilan bir tonna mahsulot uchun 5,500 ming so‘mgacha (yakuniy iste’molchiga huddi shu miqdor, aksizsiz 5 mln 101 ming so‘m etib belgilandi).

Avvalroq, O‘zbekistonda import qilingan va mahalliy Ai-92 markali benzin narxi arxonlashgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

369

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing