Kutilmagan kelishuv: Rossiya AQSHga yirik miqdorda dizel sotadi
Olam
−
09:51 1609 2 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Donald Tramp telefon orqali muloqot o‘tkazib, Ukraina va Erondagi nizoni bartaraf etish va iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Kreml xabar berdi.
“Shuningdek, Eron atrofidagi vaziyat va ikki tomonlama munosabatlarning turli jihatlariga to‘xtalib o‘tildi”, deyiladi Kreml e’lon qilgan bayonotda.
Prezident idorasiga ko‘ra, Rossiya tomoni Amerika va jahon bozorlariga neft va neft mahsulotlari yetkazib berishga tayyorligini tasdiqlagan. Davlat rahbarlari, shuningdek, shaxsiy aloqalarni hamda Prezident administratsiyalari, maxsus xizmatlar va boshqa idoralar yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish to‘g‘risidagi kelishuvni tasdiqlagan.
O‘z navbatida, Tramp energetika sohasidagi keng ko‘lamli kelishuv haqida e’lon qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘z neftni qayta ishlash zavodlarining holatiga qarab, eng qisqa muddatda AQSH va jahon bozoriga 3 million tonnagacha dizel yoqilg‘isi yetkazib beradi. Bunda Moskva 300 ming tonnani hozirdanoq, 500 ming tonnani noyabr oyida va yana bir million tonnani undan keyin darhol yetkazib berishga tayyor. Ushbu ma’lumotni keyinchalik jurnalistlarga Bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak ham tasdiqlagan.
AQSH Moliya vazirligi esa Tashqi aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) bunday yetkazib berishlarga ruxsat beruvchi vaqtinchalik bosh litsenziyani darhol chiqarishini ma’lum qilgan. Shu tariqa, Rossiyaning dizel yoqilg‘isini sotish, yetkazib berish, tushirish va import qilish, jumladan, Qo‘shma Shtatlarga olib kirish bilan bog‘liq siporish va operatsiyalarga 7 aprelgacha ruxsat beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH va Rossiya “Lukoyl” kompaniyasi aktivlari ishtirokida ko‘p milliard dollarlik neft bitimini muhokama qilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi