FlyDubai ortga qaytgan samolyot va yo‘lovchilar haqida ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, FlyDubai aviakompaniyasining Toshkentdan Dubayga uchgan samolyoti texnik nosozlik sabab ortga qaytgani haqida xabar bergan edik.

FlyDubai kompaniyasi nosozlik sabab ortga qaytgan samolyot va uning yo‘lovchilari haqida QALAMPIR.UZ`ga quyidagilarni ma’lum qildi.

“FlyDubai aviakompaniyasining FZ-1942 raqamli reysi Toshkentdan Dubayga uchish paytida texnik sabablarga ko‘ra Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro ayeroportiga qaytib keldi. Yo‘lovchilar mehmonxona bilan ta’minlanib, reys vaqti ko‘chirildi. Hozirda uchish vaqti aniqlanmoqda.  Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilarimizdan uzr so‘raymiz”, deyiladi kompaniya ma’lumotida.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdan uchgan samolyot oradan 35 daqiqa o‘tib, Qashqadaryoga yetganida nosozlik sabab ortga qaytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Toshkent-Dubay FlyDubai

Baholaganlar

92

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing