Fitso O‘zbekistonga tashrifini yakunladi

Jamiyat

image
Mirziyoyev-Fitso muzokaralari: ular nimalarga kelishib oldi? north_east

Mirziyoyev-Fitso muzokaralari: ular nimalarga kelishib oldi?

Bugun, 10 iyun kuni Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitsoning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahri xalqaro aeroportida uni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, Robert Fitso 8 iyun kuni kechqurun O‘zbekistonga kelgandi. Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.9 iyun kuni u "Yangi O‘zbekiston" bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Yuqori martabali mehmon boshchiligidagi Slovakiya delegatsiyasi vakillariga majmuaning me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Fitsoga O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev hamrohlik qildi.  Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitsoni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Fitso IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov Slovakiya Robert Fitso

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing