Final kuni Lusaildagi stadionda argentinaliklar fransuzlardan ancha ko‘proq bo‘ladi
Sport
−
17 dekabr 2022
3926Fransiya va Argentina terma jamoalari o‘rtasida JCH-2022 finaliga taxminan 50 ming argentinalik muxlis o‘z suyuklilarini qo‘llab-quvvatlasa, 6 ming fransuz ishqibozi «uchranglilar»ga muxlislik qilishi kutilmoqda. Bu haqda "L'Equipe" nashri xabar berdi.
Jahon chempionatining final bahsiga mezbonlik qiladigan Lusaildagi "Milliy" stadion 88 966 tomoshabinga mo‘ljallangan.
Turnir davomida janubiy amerikaliklarning katta qismi “Albiseleste”ni qo‘llab-quvvatladi. Faqatgina Argentina - Meksika o‘yinida "Milliy" arenasi tribunalarida muxlislar soni bo‘yicha taxminiy tenglik ko‘ringan.
Argentina - Fransiya uchrashuvi 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi