FIFA yana 2 ta sport turini Olimpiadaga kiritmoqchi
Sport
−
04 Oktabr
10028Hozirda Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tomonidan boshqariladigan barcha sport turlaridan faqat futbol Olimpiya sport turi hisoblanadi, biroq keyingi yillarda FIFA o‘z tasnifidagi yana 2 ta sport turini Olimpiya tizimiga kiritmoqchi. Bu haqda FIFA bayonotida ma’lum qilindi.
Tashkilotning 2027 yilgacha bo‘lgan strategiyasida ommaviyligi oshib borayotgani sababli, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga futzal va plyaj futbolini olimpiya sport turlariga kiritishni taklif qiladi, bu esa katta futboldan alohida sport turlari hisoblanadi.
Shuningdek, ayollar futboli musobaqasida jamoalar sonini 16 taga yetkazish taklif qilinmoqda.
Ma’lumot uchun, FIFA futzal sport turini 1980 yillarda nazoratga oldi va birinchi Jahon kubogi 1989 yilda bo‘lib o‘tdi. Plyaj futboli esa FIFA nazorati ostiga ancha keyinroq, 2005 yilda kirgan.
LiveBarchasi