FIFA Ispaniyaning eng yaxshi jamoalaridan birini jazoladi

Sport

image

FIFA Ispaniyaning “Atletik Bilbao” klubiga uchta transfer oynasida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqladi. Bu haqda “El Pais” nashri xabar beradi.

E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, sanksiya 3 ta transfer oynalarida amal qiladi. FIFA tomonidan klubga qo‘yilgan cheklovlar sabablari bo‘yicha hozircha rasmiy izoh bermagan.

Shuni ta’kidlash joizki, “Atletik Bilbao” ham ushbu sanksiyalar bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha rasmiy bayonot yoki izoh bermagan.

FIFA tomonidan taqiqqa uchraydigan jamoalar odatda moliyaviy nizolar, reglament talablariga rioya qilmaslik yoki xalqaro federatsiyaning boshqa normativ talablarini buzish holatlarida jazolanadi.

Ma’lumot uchun, “Atletik Bilbao” Ispaniyadagi eng ko‘p sovrinli klublardan biri hisoblanadi. Basklar 8 ta Ispaniya chempionati, 24 ta Ispaniya kubogi va 3 ta Ispaniya Superkubogi sovrinni qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistonining Krishtianu Ronaldu to‘p suradigan “Al-Nasr” klubiga FIFA yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

transfer FIFA “Atletik Bil'bao”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing