Feruza Eshmatova ombudsman etib qayta saylandi

Jamiyat

image

Kecha, 24 fevral kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Feruza Eshmatovani Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) lavozimiga qayta sayladi. Bu haqda parlament quyi palatasi xabar berdi.

Feruza Eshmatova 1979 yilda tug‘ilgan, huquqshunos. Ushbu lavozimga birinchi marta 2021 yilning yanvar oyida saylangan. Bunga qadar u Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan.

Ma’lumot uchun, ombudsman ketma-ket ikkita besh yillik muddatdan ortiq saylanishi mumkin emas. Nomzod Prezident tomonidan kiritiladi. Endi uni Senat tasdiqlashi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan Otabek Rahmonov Turdimuhammadovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

ombudsman Feruza Eshmatova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing