Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 6 bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
09 fevral 807 1 daqiqa
Kecha, 8 fevral kuni Rossiya Federatsiyasining turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 6 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Qayd etilishicha, bola huquqlari bo‘yicha vakil o‘zining xorijiy hamkasbi – Rossiya Federatsiyasi Bolalar ombudsmaniga yuborgan so‘rovida qarovsiz qolgan voyaga yetmagan bolalarni Rossiyada ular turgan hududlaridagi bolalar muassasalarida vaqtincha joylashtirilishida tezkor amaliy yordam so‘ragan.
Bola huquqlari vakili so‘roviga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Bolalar ombudsmani tomonidan zaruriy ko‘mak choralari ko‘rsatilib, bolalar uchun barcha qulay va munosib shart-sharoitlar ta’minlangan.
Natijada 2026 yil 8 fevral kuni keyingi guruh – 6 nafar bola (4 nafari – Moskva shahridan, 2 nafari Moskva viloyatidan) IIV mas’ullari tomonidan O‘zbekistonga qaytarilgan.
Hozirda olib kelingan bolalar Toshkent shahar IIBB huquqbuzarlik profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga vaqtincha joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 fevral kuni ham Rossiyaning turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 6 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgan edi.
Live
Barchasi