Fermer xo‘jaligida yong‘in. Qorovul nobud bo‘ldi
Jamiyat
−
12 fevral 2019
7157Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l tumanida tumanida “Jayhun” OFYda joylashgan “Aziz zamin” fermer xo‘jaligi qorovuli yong‘in qurboni bo‘ldi. Bu haqda IIV xabar bermoqda.
Voqea kecha, 11 fevral kuni sodir bo‘lgan. Fermer xo‘jaligi dala maydonidagi vagoncha yonib ketgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida vagonchaning 22 kv metr maydonida ichki qismi, jihozlari yonib zarar ko‘rgan va yong‘in o‘chirish vaqtida yuqoridagi fermer xo‘jaligi qorovuli O.O.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.
Yong‘in elektr isitish pechini yoqib nazoratsiz qoldirishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan.
Surishtiruvni ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
Trenddagilar

O‘zbek futbolining erta so‘ngan yulduzlari
48092
07 aprel

Rus matbuoti Jalolovni tanqid qildi
35191
08 aprel

O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
31930
07 aprel

Zaynilobiddin Nizomiddinov hokimlikka tayinlandi
21969
07 aprel