“Fenerbahche” sardori 17 yilga qamalishi mumkin

Sport

image

Turkiyaning “Fenerbahche” futbol klubi sardori Mert Xakan Yandash o‘yinlarga pul tikkanligi uchun 17 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Bu haqda “Sabah” nashri xabar beradi.

Shuningdek, “Galatasaroy” futbolchisi Metexan Baltachi ham tergov doirasida ayblanmoqda. Prokuratura unga 4 yildan 13 yilgacha qamoq jazosi tayinlashni so‘ragan.

Joriy yilning 20 fevral kuni Istanbul prokuraturasi futbolchilar va hakamlar tomonidan futbol o‘yinlariga pul tikish bo‘yicha olib borilgan tergov doirasida 32 nafar gumondor hibsga olinganini ma’lum qilgan.

Ayblov xulosasiga ko‘ra, Baltaji 2021 yilning mart oyida “Galatasaray” – “Rizespor” hamda aprel oyida “Galatasaray” – “Gyoztepe” uchrashuvlariga pul tikkan. U mazkur o‘yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushmagan bo‘lsa-da, jamoa a’zosi sifatida ichki ma’lumotlarga ega bo‘lgan.

Tergovchilar fikricha, u bukmekerlik tizimida o‘z shaxsini oshkor qilmagan holda muntazam ravishda pul tikkan va jamoaning taktikasi hamda futbolchilarning jismoniy holati haqidagi ma’lumotlardan foydalangan.

2025 yilning oktyabr oyida Turkiya futbol federatsiyasi prezidenti Ibrohim Hajiosmanog‘lu intizom qo‘mitasi 149 nafar hakamni futbol o‘yinlariga pul tikkanlik uchun chetlatganini e’lon qilgan edi. Chetlatish muddati 8 oydan 12 oygacha bo‘lib, keyinchalik umrbod diskvalifikatsiya qo‘llanishi mumkin.

Shuningdek, federatsiya 1024 nafar futbolchini pul tikishda gumon qilayotgani ma’lum bo‘lgan. Ularning barchasi intizom qo‘mitasiga chaqirilgan, 102 nafar futbolchi esa 45 kundan bir yilgacha muddatga diskvalifikatsiya qilingan.

Noyabr oyida Hajiosmanog‘lu noqonuniy pul tikish mojarosi oqibatida Turkiyadan 52 milliard dollar mablag‘ olib chiqib ketilganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya huquq-tartibot idoralari tomonidan futbol o‘yinlarga noqonuniy pul tikish holatlari bo‘yicha 11 ta klubining 32 nafar sobiq va amaldagi rasmiysi qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

“Fenerbahche” “Galatasaroy” Mert Xakan Yandash Metexan Baltachi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing