“Barselona” bosh murabbiyi “Galatasaroy” stadionidagi xonada qamalib qoldi

Sport

−

image

“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Turkiyaning “Galatasaroy” klubiga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvidan keyin stadiondagi xonada qamalib qoldi. Bu haqda “The Athletic” jurnalisti Pol Ballus ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Kecha, 14 oktyabr kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan uchrashuv kataloniyaliklarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Xabarlarga ko‘ra, Flik o‘yindan keyingi matbuot anjumaniga o‘z vaqtida yetib bora olmagan. Bunga uning xona ichida qamalib qolgani va stadion xodimlari bir muddat davomida kalitni topa olmagani sabab bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, “Barselona” joriy mavsumda Chempionlar ligasining dastlabki ikki uchrashuvida ham g‘alaba qozondi. Kataloniyaliklar birinchi turda Niderlandiyaning “Feyenoord” jamoasini o‘z maydonida 5:1 hisobida mag‘lub etgan edi. “Galatasaroy” esa har ikki bahsda mag‘lubiyatga uchradi. Endilikda Xans-Diter Flik shogirdlari uchinchi tur doirasida joriy yilning 20 oktyabr kuni Parijda amaldagi chempion “Pari Sen-Jermen”ga qarshi bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing