Mauro Ikardiga qarşi jinoiy iş qözğatildi
Sport
−
16:55 552 2 daqiqa
“Galatasaroy” klubining sobiq hujumçisi, hozirda erkin agent maqomida bölgan Mauro Ikardiga nisbatan jinoiy iş oçildi. Bu haqda “Noticias Argentinas” naşri xabar berdi.
Ma’lumotlarga köra, bunga futbolçining 11 yoşli qizi va sobiq rafiqasi Vanda Nara bilan boğliq voqea sabab bölgan.
Vanda Nara politsiyaga bergan körsatmasida Ikardi qizini koyigani va xonaga qamab qöyganini aytgan. Uning sözlariga köra, qiz onasiga WhatsApp orqali xabar yuborib, otasi uni urgani va qörqayotganini bildirgan.
Keyinroq qiz uydan mustaqil ravişda çiqib ketişga muvaffaq bölgan va onasining qaramoğiga ötgan. Ularning 10 yoşli ikkinçi qizi ham Vanda Nara bilan birga ketgan.
Voqea joyiga politsiya va tez yordam xodimlari çaqirilgan. Ikardi esa uyda qolgan va huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari bilan suhbatlaşişdan boş tortgan.
Tigre şahri gender zöravonligiga qarşi kuraş bölimi prokurori Xulio Petruççi Vanda Naradan körsatma olişni hamda qiz va futbolçini sud-tibbiy ekspertizasidan ötkazişni buyurgan.
Şuningdek, Ikardidan keça, 12 noyabr kuni advokatlari hamrohligida prokurorlikda körsatma olingan.
Ta’kidlaş joizki, hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda. Ikardining advokatlari futbolçiga qöyilgan ayblovlarni rad etib, u qiziga nisbatan zöravonlik işlatmaganini bildirgan.
Live
Barchasi