Rafael Leau “Galatasaroy”ga o‘tmoqda – Skira
Sport
−
15:38 216 1 daqiqa
Italiyaning “Milan” jamoasi hujumchisi Rafael Leauning “Galatasaroy”ga transferi bo‘yicha kelishuv yakunlangan. Bu haqda insayder Nikolo Skira o‘zining X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Turkiya klubi 27 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun 44 million yevro to‘laydi. Shuningdek, “Milan” Leauning kelajakdagi transferidan tushadigan mablag‘ning 20 foizini oladi.
Leau yaqin kunlarda keyin tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va Istanbulda shartnoma imzolashi rejalashtirilgan. Kelishuv 2030 yilgacha amal qiladi. Futbolchining yillik maoshi esa 12 million yevroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Leau barcha musobaqalarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U joriy mavsumda hali birorta rasmiy uchrashuvda ishtirok etmadi.
“Transfermarkt” portali portugaliyalik futbolchining transfer qiymatini 50 million yevro deb baholamoqda.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust