Halok bo‘lgan Ekopolitsiya xodimi ishi yuzasidan 3 nafar shaxsga jinoiy ish ochildi
3-sahifa
−
11:11 2715 1 daqiqa
Avvalroq, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi axborot xizmati qo‘mita huzuridagi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi Mirzo Botirov xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lganini xabar qilgandi. Mazkur holat yuzasidan 3 nafar shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Ekopolitsiya xodimi Mirzo Botirov 9 sentyabr kuni Sirdaryo daryosi o‘zanida o‘tkazilgan tezkor reyd tadbiri davomida elektr qarmoqdan foydalanib, baliq ovlayotgan huquqbuzarlarning qarshiligiga uchrashi oqibatida suvga tushib ketgan. Kecha, 10 sentyabr kuni esa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan qidiruv ishlari natijasida inspektorning jasadi topilgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchi bo‘lgan 3 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 202-(Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish), 219-(Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 102-(Ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, ular gumon qilinuvchi tariqasida ushlangan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning 6 oyida 18 nafar ichki ishlar organi xodimi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi