Surxondaryo hokimini aldaşga uringan mansabdor qamaldi

3-sahifa

−

image

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimovni aldab, afğonistonlik tanişi uçun köp qavatli uy qurişga ruxsat olib bermoqçi bölgan 38 yoşli amaldor 3 yil 1 oy muddatga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanişdi.

Hujjatda keltirilişiça, sudlanuvçi I.J. Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasida Departament boşliği lavozimida işlagan. Joriy yilning aprel-may oylarida un dan afğonistonlik tanişi Termiz şahridagi restoran joylaşgan hudda köp qavatli uy quriş uçun Surxondaryo viloyati hokimligidan ruxsat olib berişni söragan. Şundan söng, I.J. joriy yilning 2 iyun kuni soat 20:20 larda Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimovga qönğiroq qilib, özini Prezident Administratsiyasining “Komil” ismli xodimi ölaroq taniştirgan va hokimdan restoran örnida köp qavatli turar joy quriş uçun ruxsat berişni talab qilgan. I.J. Prezident Administratsiyasida “Komil” ismli şaxs Prezident yordamçisi B.Mavlonovning kotibi ekanini oldindan bilgan.

Joriy yilning 2 noyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudida mazkur iş körib çiqilgan. Sudda I.J. aybiga iqror bölmagan, biroq Uluğbek Qosimovga özini Prezident Administratsiyasining “Komil” ismli xodimi sifatida taniştirganini tan olgan. Uning aytişiça, afğonistonlik sobiq qöşnisi may oyi boşlarida qönğiroq qilib, uçraşişni taklif qilgan. I.J. sobiq qöşnisining Toşkent şahridagi uyiga borgan va u bilan körişgan. Şunda tanişi I.J. dan yuqorida qayd etilgan masala böyiça yordam söragan.

“Termiz şahridagi viloyat hokimiligi binosi yaqinida bizga tegişli bölgan 50 sotix yer maydonida joylaşgan restoran hududida köp qavatli turar joy qurişni rejalaştirib qöydik. Ammo u yerga köp qavatli turar joy binosini quriş uçun viloyat hokimi Qosimov Uluğbek aka ruxsat bermayapti. Hattoki biz uning qabulida ham bölganmiz, baribir ruxsat bermayapti. Balkim, biz unga vaziyatimizni tuşuntirib bera olmayotgan bölsak kerak. Şu sababli, viloyat hokimi Uluğbek aka bilan özingiz gaplaşib, unga holatni tuşuntirib bering, iltimos. U yerga köp qavatli turar joy quriş uçun roziligini olişda yordam bering”, deya iltimos qilgan tanişi.

I.J. esa tanişiga harakat qilib körişini, viloyat hokimi bilan gaplaşişini aytgan. U joriy yilning 2 iyun kuni soat taxminan 18:30 larda Uluğbek Qosimovga qönğiroq qilib, özini Prezident Administratsiyasidan “Komil” deb taniştirgan va yuqoridagi masala böyiça “amaliy yordam” söragan. Hokim esa bu sörovni rad etgan.

“Komil aka, bu masaladan mening xabarim bor. Sababi, uşbu afğon tadbirkor menga murojaat qilgan, ammo men unga holatni batafsil tuşuntirmay, rozilik bermasligimni javob qilganman. Ammo agar uşbu tadbirkorda Termiz şahrining boşqa hududida köp qavatli turar joy quriş istagi bölsa, unga yer maydonini ajratişda yordam beraman. Men unga roziligimni bermasligimning sababi, uşbu restoran yonida ma’muriy binolar mavjud”, deya javob qaytargan hokim.

Şundan söng, I.J. joriy yilning 3 iyun kuni tanişiga qönğiroq qilib, viloyat hokimi bilan telefon orqali gaplaşganini va unga nega ruxsat berilmaganini aytgan. 

Sud hukmi bilan I.J. Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamaçilik) va 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilişda aybli deb topilgan. Unga 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoni manzil koloniyalarda ötaş belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing