Treyderni şantaj qilib, ming dollar undirmoqçi bölganlar uşlandi
3-sahifa
−
08:31 476 2 daqiqa
Toşkentda treyding bilan şuğullanuvçi fuqaroning obrösiga putur yetkaziş maqsadida Telegram’da maxsus guruh oçib, uni öçirib taşlaş evaziga 1 ming dollar talab qilgan ikki nafar şaxs uşlandi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Andijon viloyatida tuğilgan ikki nafar şaxs Sergeli tumanida ötkazilgan tezkor tadbir davomida qölga olingan. Ular treyderning şaxsini obrösizlantiriş maqsadida Telegram’da maxsus guruh taşkil etib, guruhni öçirib yuboriş evaziga undan pul talab qilgan.
Tovlamaçilar jabrlanuvçidan söralgan 1 000 dollarning dastlabki 200 dollarini öz nomlaridagi bank kartasiga ötkazdirgan. Qolgan 800 dollarni esa naqd pul şaklida Şahrixon tumaniga olib kelib berişini talab qilgan.
Tezkor tadbir davomida tovlamaçilardan biri jabrlanuvçidan 800 dollarni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Bildirilişiça, holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Ğallaorol tumanida fuqaroni uning şaxsiy hayotiga oid suratlar va yozişmalarini internet hamda qarindoşlariga tarqatiş bilan qörqitib, undan 9 million söm talab qilgan şaxs uşlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr