Turkiyada futbolçi öyin vaqtida yurak xurujiga uçradi

Sport

−

image

Turkiyaning Bartin şahrida futbol uçraşuvi vaqtida 35 yoşli futbolçi yurak xurujiga uçrab, şifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “Haber7” xabar berdi.

Hodisa Turkiya futbol federatsiyasi quyi ligasi doirasidagi uçraşuv vaqtida sodir bölgan. “Arit Kayadibispor” va “Gençlik Mimar Sinan Spor” jamoalari örtasidagi bahsda mezbonlar 1:0 hisobida oldinda borayotgan edi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda mehmonlar jamoasi futbolçisi Akin Karaaslan tösatdan özini yomon his qilib, maydonga yiqilgan.

Hodisa joyiga tez tibbiy yordam xodimlari çaqirilgan. Futbolçiga dastlabki yordam körsatilgaç, u tez yordam maşinasida Bartin davlat şifoxonasiga olib ketilgan.

Ma’lum qilinişiça, yurak xurujidan söng futbolçida şifoxonada angiografiya tekşiruvi ötkazilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya Superligasining 4-turidan örin olgan “Fenerbahçe” – “Beşiktoş” derbisida “Fenerbahçe” muxlisi Yaşar Gerçek tribunada yurak xurujiga uçragan va şifokorlarni tibbiy yordamiga qaramay vafot etgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing