Fayzullayev SSKAdan ketadimi? Agent javob berdi
Sport
−
23 dekabr 2023 19241 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayevning agenti yarim himoyachining Moskva klubini tark etishi ehtimolini baholadi.
“Biz qishda Fayzullayev bo‘yicha hech qanday taklifni ko‘rib chiqmoqchi emasmiz. Biz u bilan bu masalani muhokama qildik va eng muhimi bizning bu haqda umumiy tushunchamiz bor. Bugun Fayzullayev O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Qatarda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Agar u ushbu turnirda o‘z saviyasini ko‘rsata olsa va SSKA safida o‘ynashda davom etsa, shunchaki takliflar juda yaxshi klublardan kelgan takliflarga aylanadi", deydi Qahhor Mo‘minov.
Ma’lumot uchun, 20 yoshli Fayzullayev Moskva klubi safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fayzullayev SSKAda ketma-ket 3 marta oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgani xabar qilingandi. Shuningdek, mazkur oyda futbolchining transfer narxi ham anchagina oshdi.
Live
Barchasi