Fayzullayevga Top-5 liga klubi qiziqish bildirdi
Sport
−
16:59 3414 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Fransiyaning “Strasburg” klubi e’tiborini tortdi. Bu haqda “Les-transferts” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Liga 1 vakili 22 yoshli futbolchining vakillari bilan bog‘lanib, dastlabki muzokaralarni boshlagan. Hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy taklif yoki kelishuv mavjud emas.
Fayzullayev 2025 yilning yozida Moskvaning SSKA klubidan “Istanbul Bashakshehir”ga ko‘chib o‘tgan. Uning Turkiya klubi bilan shartnomasi 2030 yil iyun oyigacha amal qiladi. “Transfermarkt” futbolchining bozor qiymatini 7 million yevroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Abbosbek Fayzullayev O‘zbekistonning milliy terma jamoasi safida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urgan. 2026 yilgi Jahon chempionatida u O‘zbekiston terma jamoasining turnir tarixidagi ilk golini urdi. Futbolchi Kolumbiyaga qarshi uchrashuvda yagona goliga mualliflik qildi, biroq O‘zbekiston yakunda 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.