Favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun COVID-19 vaksinasi sentyabr oyiga qadar tayyor bo‘lishi mumkin
Salomatlik
−
27 aprel 2020
8192Xitoyda tibbiy xodimlar va kasallikka chalinish ehtimoli yuqori odamlar uchun COVID-19 vaksinasi sentyabr oyiga qadar tayyor bo‘lishi mumkin. Bu haqda Xitoyda kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi direktori Gao Fu ma’lum qildi.
“Agar pandemiyaning ikkinchi to‘lqini boshlansa, II yoki III bosqich klinik sinovlar ostida bo‘lgan vaksinani tibbiy xodimlar kabi muayyan guruhlarga qo‘llash mumkin“, deydi markaz direktori Gao.
Gaoning so‘zlariga ko‘ra, sentyabr oyida Xitoy favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun vaksinaga ega bo‘lishi mumkin. To‘laqonli sinovdan o‘tgan vaksinani esa kelgusi yilning boshidan ommaviy qo‘llash imkoni bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda Xitoyda klinik sinovlarda ikkita potensial vaksinalar mavjud — biri adenovirusga qarshi vaksina, ikkinchisi — inaktivatsiya qilingan vaksina. Bularning ikkinchisi klinik sinovlarining ikkinchi bosqichida.
“Vaksinalarni ishlab chiqish uchun vaqt kerak. Bu vaziyatga bog‘liq, chunki u sog‘lom odamlarga qo‘llaniladi. Odamlar o‘tgan tajribalardan saboq olishdi. Biz vaksinalarni ishlab chiqish uchun qanday strategiyalar ishlashini bilamiz“, deydi Gao Fu.
Yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis Chen Vey boshchiligidagi guruh tomonidan ishlab chiqarilgan adenovirus virusli vaksinasi 12 aprel kuni II bosqich klinik sinovlarini boshladi. Jami 273 ko‘ngilli vaksinani qabul qildi. Bu butun dunyo bo‘ylab II bosqich klinik sinovlarini birinchi bo‘lib o‘tkazilgan vaksina edi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus bilan bog‘liq 82 830 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 77 474 nafari sog‘aygan, 4 633 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 723 kishini tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi