Farzandlari maktabga bormayotgan ota-onalarni jarimaga tortish taklif qilindi

Jamiyat

image

Qirg‘iziston Respublikasida Ta’lim vazirligi maktab direktorlarini, o‘qituvchilarni va ota-onalarni bolalarning ta’lim olish huquqlarini buzgani yoki cheklagani, shuningdek, maktab to‘lovlari uchun jarimaga tortishni taklif qilmoqda. Bu haqda “24.kg” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, vazirlik maktab o‘quvchilari huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqqan.

Unga ko‘ra, mamalakatda bolani bog‘cha yoki maktabga qabul qilishdan asossiz bosh tortganlik, shuningdek, ota-onadan pul undirish yoki ularga bosim o‘tkazish uchun jazo choralarini joriy etish taklif qilinmoqda. Jarima miqdori qirg‘iz pulida 15-20 ming som (taqriban 1,9-2,6 mln so‘m)ni tashkil qiladi.

Ta’lim vazirligiga ko‘ra, Qirg‘izistonda maktabga bormaydigan bolalar soni ortib bormoqda. Bunga bir necha sabablar keltirilgan. Xususan, maktabga borish kerak bo‘lgan bolalarning ko‘pchiligi ishlaydi va ota-onalariga yordam beradi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy o‘quv yili boshida 2,5 mingdan ortiq bola maktabga bormagan.

Shu boisdan mamlakat Ta’lim vazirligi maktab yoshidagi bolalari ta’lim muassasalariga bormayotgan ota-onalarni ma’muriy javobgarlikka tortishni taklif qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

maktab jarimaga tortish Farzandlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing